• Oʻzbekistonlik.Podcast #4 | Teslaga ishga kirib, Amerikaga ko‘chib ketgan yosh oila bilan suhbat

  • May 18 2024
  • Duración: 1 h y 54 m
  • Podcast

Oʻzbekistonlik.Podcast #4 | Teslaga ishga kirib, Amerikaga ko‘chib ketgan yosh oila bilan suhbat

  • Resumen

  • Oʻzbekistonlik.Podcast loyihasining to‘rtinchi epizodi mehmonlari Amerikadagi o‘zbekistonlik yosh oila: Tesla kompaniyasida karyera qilayotgan Muzaffar Hamroyev va Mushtariy Sharifova.

    Mushtariy Tesla kompaniyasining Germaniyadagi ofisiga ishga kirgan iste'dodli o‘zbek qiz sifatida "O‘zbekistonlik" filmining 2-epizodi qahramoni bo‘lgan edi. Keyinchalik u turmush o‘rtog‘i Muzaffar bilan Teslaning bosh qarorgohi joylashgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Texas shtatiga ko‘chib o‘tgan.

    Suhbatda Germaniya va Amerikaning farqlari va o‘xshashliklari, ta'lim olish, uning ham yigitlar, ham qizlar uchun muhimligi, xorijda oilaviy hayot hamda shu kabi turli mavzular ko‘tarilgan.

    Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov.

    Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.

    Uzbekistan's Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini izhor qiladi.

    Más Menos

Lo que los oyentes dicen sobre Oʻzbekistonlik.Podcast #4 | Teslaga ishga kirib, Amerikaga ko‘chib ketgan yosh oila bilan suhbat

Calificaciones medias de los clientes

Reseñas - Selecciona las pestañas a continuación para cambiar el origen de las reseñas.