Episodios

  • Oʻzbekistonlik.Podcast #4 | Teslaga ishga kirib, Amerikaga ko‘chib ketgan yosh oila bilan suhbat
    May 18 2024

    Oʻzbekistonlik.Podcast loyihasining to‘rtinchi epizodi mehmonlari Amerikadagi o‘zbekistonlik yosh oila: Tesla kompaniyasida karyera qilayotgan Muzaffar Hamroyev va Mushtariy Sharifova.

    Mushtariy Tesla kompaniyasining Germaniyadagi ofisiga ishga kirgan iste'dodli o‘zbek qiz sifatida "O‘zbekistonlik" filmining 2-epizodi qahramoni bo‘lgan edi. Keyinchalik u turmush o‘rtog‘i Muzaffar bilan Teslaning bosh qarorgohi joylashgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Texas shtatiga ko‘chib o‘tgan.

    Suhbatda Germaniya va Amerikaning farqlari va o‘xshashliklari, ta'lim olish, uning ham yigitlar, ham qizlar uchun muhimligi, xorijda oilaviy hayot hamda shu kabi turli mavzular ko‘tarilgan.

    Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov.

    Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.

    Uzbekistan's Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini izhor qiladi.

    Más Menos
    1 h y 54 m
  • Oʻzbekistonlik.Podcast #3 | Uylar va narxlar: AQSHda qanday pul topib, qanday ishlatish haqida
    May 7 2024

    Oʻzbekistonlik.Podcast loyihasining uchinchi epizodida mikrofon qarshisiga Walmart kompaniyasi departament direktori Joʻrabek Azimov (Kaliforniya) va koʻchmas mulk savdosi boʻyicha 10 yillik tajribaga ega professional rieltor, Skyline Rieltors kompaniyasi asoschisi Akmal Xolboyevni (Filadelfiya) taklif qildik.

    Unda koʻtarilgan mavzulardan ayrimlari: Nima uchun odamlar Amerika orzusi uchun harakat qiladi? Oʻzbek farzandi Amerika tarbiyasi bilan katta boʻlishi qanchalik yaxshi? Nima uchun Oʻzbekistonda oziq-ovqat narxlari qimmat? Amerikada qaysi biznes qilgan maʼqulroq?

    Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov.

    Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.

    Uzbekistan's Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini izhor qiladi.

    Más Menos
    1 h y 39 m
  • Oʻzbekistonlik.Podcast #2 | AQSH va Kanada. Viza olish qiyinligi nolegal boʻlish variantini oqlaydimi?
    Apr 8 2024

    Oʻzbekistonlik.Podcast loyihasining ikkinchi epizodida mikrofon qarshisiga oʻz ishining professionallari, immigratsiya masalalari boʻyicha advokatlar Rahmad Sobirov (Kanada) va Mirakmal Niyazmatovni (AQSH) taklif qildik. Unda koʻtarilgan mavzulardan ayrimlari: Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada immigrantlar uchun zoʻr joymi? Shu ikki davlatda qonuniy va hujjatsiz immigrantlarga munosabat qanday? Bizning vatandoshlarni faqat fojia birlashtiradimi? Amerikaga Meksika orqali kirishning oqibatlari qanday boʻladi?

    Más Menos
    2 h y 6 m
  • O‘zbekistonlik.Podcast | Episode #1 | Ilm VS Texnologiya: Qaysinisi bo‘lmasa hayot to‘xtaydi?
    Mar 9 2024

    O‘zbekistonlik.Podcast loyihasining birinchi epizodida ilm-fan va texnologiyalar mavzusida suhbatlashdik. Podkast mehmonlari — bir nechta IT bizneslar egasi Bobir Akilxanov hamda Kolumbiya Universiteti yordamchi professori Aziza Shonazarova. Qahramonlarning qiziqarli karyera yo‘li hamda ularning mavzu yuzasidan fikrlari o‘rin olgan suhbatdan baxramand bo‘ling. Podkast homiysi — Uzum raqamli xizmatlar ekotizimi.

    Más Menos
    2 h y 12 m